Центральноазиатский журнал образования и инноваций 4-jild vation-son (2025) · 104–109-betlar
ARAB TILINI OʻRGANISHNING BUGUNGI KUNDAGI MUAMMOLARI
Tukhtayev, Alibek
DOI: 10.5281/zenodo.15656476 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqola arab tilini chet tili sifatida oʻrganishning dolzarb muammolarini har tomonlama tahlil qilishga bagʻishlangan. Hozirgi globallashuv, migratsiya, diniy-maʼrifiy uygʻonish va xalqaro aloqalarning kengayib borayotgan sharoitida arab tilini oʻrganishga boʻlgan ehtiyoj yildan-yilga ortib bormoqda. Xususan, musulmon aholisi koʻp boʻlgan mamlakatlarda, jumladan Oʻzbekistonda ham arab tilini oʻrganish diniy, madaniy va akademik sabablarga koʻra ommalashmoqda. Biroq bu jarayonda oʻquvchilarning til oʻrganishga boʻlgan motivatsiyasi, mavjud darslik va resurslarning zamonaviy talablarga javob bermasligi, oʻqituvchilarning metodik tayyorgarligi va eng muhimi, “fusha” (adabiy arab tili) bilan “ammiya” (soʻzlashuv lahjalari) oʻrtasidagi tafovutlar jiddiy muammolar sifatida namoyon boʻlmoqda. Maqolada arab tilining fonetik tizimi oʻziga xosligi, tovushlar talaffuzi va yozuvi, grammatik murakkabliklari, keng sinonimiya va antonimiya tizimi, shuningdek, leksik darajadagi mavhumlik va uslubiy farqlar til oʻrganuvchilar duch kelayotgan asosiy toʻsiqlar sifatida tahlil etiladi. Shuningdek, arab tilini oʻqitishdagi anʼanaviy yondashuvlar bilan zamonaviy kommunikativ metodlar oʻrtasidagi tafovut, tilni oʻrganishda texnologik vositalardan yetarli darajada foydalanilmayotgani ham muammolar sirasiga kiradi. Ushbu maqola arab tilini oʻrganuvchi talabalar, ustozlar, tilshunoslar va taʼlim sohasidagi mutaxassislar uchun nazariy va amaliy nuqtai nazardan foydalidir. U orqali arab tili oʻrgatishda samarali metodik yondashuvlar, til resurslarini takomillashtirish zarurati va til oʻrgatishning psixolingvistik aspektlari haqida tavsiyalar beriladi.
arab tili, fusha, ammiya, chet tili sifatida oʻrganish, til oʻrgatish metodikasi, fonetik to‘siqlar, o‘quv resurslari, uslubiy tafovutlar, lingvodidaktika, kommunikativ yondashuv.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.