Центральноазиатский журнал образования и инноваций 4-jild vation-son (2025) · 196–199-betlar

DUKCHI ESHON QO‘ZG‘ALONI: TURKISTONDA MUSTAMLAKACHILIKKA QARSHI DINIY-SIYOSIY HARAKAT

Abduqahorov, Anvarjon

DOI: 10.5281/zenodo.15673208 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu ilmiy maqola 1898-yilda Andijonda yuz bergan Dukchi Eshon boshchiligidagi qo‘zg‘alonni tarixiy, siyosiy va diniy nuqtai nazardan keng tahlil qiladi. Maqolada Rossiya imperiyasining Turkistondagi mustamlakachilik siyosati, uning mahalliy boshqaruv, soliq tizimi, diniy hayotga aralashuvi natijasida yuzaga kelgan ijtimoiy norozilik holati batafsil yoritiladi. Dukchi Eshon – Muhammad Ali Madalining shaxsiyati, diniy qarashlari, naqshbandiylik tariqati bilan bog‘liq faoliyati, uning tarafdorlari safining shakllanishi va bu harakatning Boburiylar sulolasini tiklash g‘oyasi asosidagi siyosiy dasturi tarixiy hujjatlar va ilmiy manbalar asosida tahlil etilgan. Maqolada qo‘zg‘alonning borishi, ishtirokchilarning harakatlari, Rossiya harbiy kuchlarining munosabati, qo‘zg‘alonning tezda bostirilish sabablari va oqibatlari xronologik asosda yoritiladi.

Dukchi Eshon, qo‘zg‘alon, siyosiy harakat, diniy qarashlar, Rossiya imperiyasi, mustamlakachilik, Naqshbandiya, tarixiy tahlil.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.