Центральноазиатский журнал образования и инноваций 4-jild vation-son (2025) · 14–18-betlar

TRANSCHEGARAVIY SAVDO SHARTNOMALARINI KOLLIZION-HUQUQIY TARTIBGA SOLISH: NAZARIYA, AMALIYOT VA XALQARO TAJRIBA

Adizov, Oqilbek

Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada xalqaro iqtisodiy integratsiya va globallashuv sharoitida transchegaraviy savdo shartnomalarining xalqaro xususiy huquq doirasida tutgan o‘rni tahlil qilinadi. Maqolada xalqaro savdo bitimlarining asosiy turlari – tovarlar oldi-sotdi, xizmatlar ko‘rsatish, agentlik va distribyutorlik, litsenziya va franchayzing, shuningdek, investitsiya shartnomalari bo‘yicha normativ hujjatlar va xalqaro tajribalar asosida tasnif berilgan. Shuningdek, huquqni tanlash erkinligi tamoyilining xalqaro va milliy huquqiy tizimlarda qanday ifodalangani, ushbu prinsipning ahamiyati va amaliy natijalari – xususan, huquqiy aniqlik, investitsiya xavfsizligi va arbitraj samaradorligi nuqtai nazaridan muhim tahlillar keltirilgan. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligidagi mavjud tartibotlar, cheklovlar va ularning xalqaro standartlarga mosligi ham muhokama qilingan.

Transchegaraviy savdo shartnomalari, Xalqaro xususiy huquq, Huquqni tanlash erkinligi, Xalqaro tovarlar oldi-sotdi shartnomalari, CISG (Vena konvensiyasi), INCOTERMS qoidalari, UNIDROIT prinsiplari, Party autonomy (Tomonlar avtonomiyasi)

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.