Центральноазиатский журнал образования и инноваций 4-jild vation-son (2025) · 10–17-betlar

BUXORO XONLIGINING SIYOSIY VA MADANIY RIVOJIDA IMOMQULIXONNING TUTGAN O‘RNI VA ROLI

Sulaymonov, Boburjon

DOI: 10.5281/zenodo.15852674 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

XVI asrda tashkil etilgan Buxoro xonligi (xonlik sifatida 1533-yil) o‘zbek davlatchiligida muhim o‘rin egallaydi. Davlatni dastlab Shayboniylar sulolasi (1501-1601), so‘ng Ashtarxoniylar (1601 – 1756) sulolasiga mansub hukmdorlar boshqarishdi. Ular ichida Shayboniyxon (1501 – 1510) va Abdullaxon II (1556 – 1598) kabi shayboniy hukmdorlar, Ashtarxoniylardan esa Imomqulixon (1611 – 1642) hukmronligi davrida xonlik yirik markazlashgan davlatga aylanadi. Ashtarxoniylardan Imomqulixonning olib borgan siyosati natijasida davlat hududi kengayib, markaziy hokimiyat kuchaydi va madaniy taraqqiyotga erishildi. Quyidagi maqola orqali shu haqida to‘xtalib, ilmiy faktlar bilan mavzu yoritib beriladi.

Buxoro xonligi, Imomqulixon, Samarqand, siyosat, Toshkent, Balx, qozoq sultoni, Yalangto‘sh Bahodir, Jo‘ybor xojalari, Muhammad Yusuf Munshiy, hunarmandchilik, me’morchilik, ilm-fan, ta’lim.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.