Центральноазиатский журнал образования и инноваций 4-jild vation-son (2025) · 137–145-betlar

MIGRATSIYANING OILAVIY QADRIYATLARGA TA’SIRI: XALQARO VA MAHALLIY TENDENSIYALAR TAHLILI

Ruzimova, Nigina

DOI: 10.5281/zenodo.16734837 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada migratsiyaning oilaviy qadriyatlarga ko‘rsatayotgan ta’siri xalqaro va mahalliy tendensiyalar kontekstida tahlil qilinadi. So‘nggi yillarda dunyo bo‘ylab migratsiya miqyosi kengayib borayotgan bir paytda, bu jarayonning ijtimoiy institutlar, xususan, oila tizimi va qadriyatlar tizimiga ta’siri kuchaymoqda. Tadqiqotda O‘zbekiston va boshqa mamlakatlar tajribasi solishtirilib, mehnat migratsiyasi oqibatida yuzaga kelayotgan oila ajralishlari, gender rollarining o‘zgarishi, madaniy begonalashuv va avlodlararo uzilishlar ilmiy jihatdan yoritildi. 800 nafar respondent ishtirokida o‘tkazilgan sotsiologik so‘rov natijalariga ko‘ra, iqtisodiy va ijtimoiy omillar migratsiya qarorlarida asosiy rol o‘ynayotgan bo‘lsa-da, bu harakatlarning oilaviy barqarorlikka salbiy ta’siri ham sezilarli darajada namoyon bo‘lmoqda. Maqolada migratsiya oqibatlarini yumshatish va oilaviy qadriyatlarni asrash bo‘yicha tavsiyalar ham ilgari surilgan..

Migratsiya, oilaviy qadriyatlar, mehnat migratsiyasi, gender rollari, ajralish, xalqaro tajriba, sotsiologik tahlil, O‘zbekiston, ijtimoiy institut, avlodlararo aloqalar.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.