Центральноазиатский журнал образования и инноваций 4-jild vation-son (2025) · 9–11-betlar

ZAMONAVIY NEMIS DRAMATURGIYASIDA TANA BILAN BOG‘LIQ FRAZEOLOGIZMLARNING EMOTSIONAL MA’NO TASHUVCHISI SIFATIDAGI ROLI

Bakbergenov, Aybek

DOI: 10.5281/zenodo.16809813 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqolada zamonaviy nemis dramaturgiyasida tana bilan bog‘liq frazeologizmlarning (somatik frazeologizmlar) emotsional ma’no tashuvchisi sifatidagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqotda ularning uch asosiy emotsional toifada — ijobiy, salbiy va ambivalent — ishlatilishi hamda dramaturgik jarayondagi funksional roli yoritilgan. Asosiy e’tibor personajlarning ichki kechinmalari, psixologik dinamikasi va voqealar rivojidagi burilish nuqtalarini ifodalashda frazeologizmlarning ta’sir kuchiga qaratilgan. Maqolada zamonaviy nemis dramaturglarining (Botho Strauss, Dea Loher va boshqalar) asarlaridan olingan kontekstual misollar va tahliliy jadval keltirilgan. Natijalar frazeologizmlarning nafaqat estetik, balki teatr tilining hissiy dizaynida ham markaziy o‘rin tutishini ko‘rsatadi.

somatik frazeologizm, zamonaviy nemis dramaturgiyasi, emotsional ma’no, teatr tili, dramaturgik funksiya, psixologik ifoda, kontekstual misol

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.