Центральноазиатский журнал образования и инноваций 5-jild vation-son (2026) · 19–21-betlar
ZAMONAVIY JAMIYATDA DINIY BAG‘RIKENGLIK MADANIYATINING SHAKLLANISHI VA UNING IJTIMOIY BARQARORLIKDAGI O‘RNI
G`ulomova, Muslima, Abdurahmonov, Xasan, Abdujalilova, Nafosat, Djalgasova, Asalxon
DOI: 10.70413/cajei-v05-i04-p3-012 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada zamonaviy jamiyatda diniy bag‘rikenglik madaniyatining shakllanish jarayoni, uning ijtimoiy, madaniy va axloqiy asoslari hamda jamiyat barqarorligiga ta’siri kompleks tarzda tahlil qilinadi. Maqola davomida diniy bag‘rikenglik tushunchasining tarixiy taraqqiyoti, uning turli sivilizatsiyalar va ijtimoiy tizimlarda shakllanish jarayonlari hamda globallashuv sharoitidagi zamonaviy ko‘rinishlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, jamiyatda diniy xilma-xillik sharoitida o‘zaro hurmat, hamkorlik va ijtimoiy muvozanatni ta’minlash mexanizmlarida bag‘rikenglik madaniyatining o‘rni ilmiy jihatdan asoslanadi. Maqolada diniy bag‘rikenglik nafaqat diniy-axloqiy kategoriya, balki ijtimoiy barqarorlikni ta’minlovchi muhim ijtimoiy asos sifatida talqin qilinadi. Shu orqali uning zamonaviy jamiyatdagi integrativ va birlashtiruvchi funksiyalari ochib beriladi
Diniy bag‘rikenglik, ijtimoiy barqarorlik, globallashuv jarayonlari, madaniy xilma-xillik, ijtimoiy integratsiya, jamiyatda totuvlik, o‘zaro hurmat tamoyillari, diniy ong, sivilizatsion rivojlanish, ijtimoiy munosabatlar tizimi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.