Центральноазиатский журнал образования и инноваций 5-jild vation-son (2026) · 122–124-betlar
KLASSIK MATNLAR TADQIQIDA ARAB TILINING O‘RNI
Fazliddinov, Abdulmuhsin
DOI: 10.5281/zenodo.20195848 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur maqolada klassik matnlar tadqiqida arab tilining o‘rni va ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Unda arab tilining nahv, sarf va balog‘at kabi asosiy bo‘limlari klassik manbalarni to‘g‘ri anglash va sharhlashdagi roli yoritiladi. Klassik arab matnlarining murakkab tuzilishi, ko‘p qatlamli semantikasi hamda ixtisor va ramziy ifodalarga boyligi sababli, ularni chuqur o‘rganishda til qoidalarini mukammal bilish zarurligi asoslanadi. Shuningdek, maqolada arab tilini yetarli darajada bilmaslik natijasida yuzaga keladigan talqin xatolari hamda ularning ilmiy oqibatlari ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijalari arab tilining klassik matnlarni ilmiy o‘rganishdagi metodologik asos sifatida muhim o‘rin tutishini tasdiqlaydi.
Arab tili, klassik matnlar, matnshunoslik, nahv, sarf, balog‘at, semantika, talqin, lingvistik tahlil, ilmiy metodologiya.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.