Центральноазиатский журнал образования и инноваций 2-jild vation-son (2023) · 224–228-betlar

O'SMIRLARDA SURUNKALI BUYRAK KASALLIGINING ERTA XAVF OMILLARINI ANIQLASH

qizi, Olimova Gulxayo Shamsher

DOI: 10.5281/zenodo.7964823 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Adabiyotlar tahlili shuni ko'rsatadiki, surunkali buyrak kasalliklari (SBK) bo'lgan o'smirlar soni har yili ortib bormoqda. Bugungi kunda yigirmadan ortiq buyrak kasalliklarining oxirgi  klinik ko’rinishi SBK sifatida namoyon bo’lishi ma'lum. So'nggi yillardagi tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, SBK rivojlanishi va progressiyasida buyrak va siydik yo'llarining tug'ma anomaliyalari, kam vaznda tug’ilish, chala tug’ilish, arterial gipertenziya, erkak jinsi, kaltsiy va fosfor almashinuvining metabolik kasalliklari, nefrotoksik dorilarni qo'llash va boshqalar yetakchi rolni o’ynaydi. Ayniqsa perinatal davrdagi o’zgarishlar  buyrak nefronlarining rivojlanishiga to’sqinlik qilib, ushbu kasallikning yanada tez suratda progressiyasiga olib keladi

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.