Центральноазиатский журнал образования и инноваций 2-jild vation-son (2023) · 69–76-betlar

AKSIYADORLIK JAMIYATLARIDA MINORITAR AKSIYADORLAR HUQUQLARINING HIMOYASI: MILLIY VA XORIJIY TAJRIBA

Xavajon, Allanazarova

DOI: 10.5281/zenodo.10215830 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Maqolada aksiyadorlik jamiyatlarida minoritar aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish yoritilib, bunda milliy va xorijiy tajribada mavjud minoritar aksiyadorlarning huquqiy himoya mexanizmlari aks ettirilgan. Shuningdek, korporatsiya faoliyatida maxsus vakolatli organlar faoliyatiga baho berilib, minoritar aksiyador qo'mitasining tashkil etilishi hamda uning faoliyati o'rganilgan. Xorij tajribasida minoritar aksiyador tushunchasi hamda ushbu fenomenning shakllanishi o'rganilishi mobaynida ayrim davlatlar qonunchiligida minoritar aksiyadorlar huquq va manfaatlari majoritar aksiyadorlar huquqlari bilan teng asosda ta'minlanishing usullari mavjud ekanligi o'rganildi. Nihoyat, milliy qonunchiligimizda ushbu turdagi hissadorlar huquq va manfaatlari himoyasi yuzasidan bir necha ustuvor vazifalar sanab o'tildi. 

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.