Центральноазиатский журнал образования и инноваций 4-jild vation-son (2025) · 387–391-betlar
GLOBALLASHUV VA ADABIY JARAYONNING MUNOSABATI XUSUSIDA
Jamila, Ubaydulleva
DOI: 10.5281/zenodo.17379316 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Maqolada “globallashuv” hodisasining paydo bo‘lishi, uning shakllanishiga zamin hozirlagan tarixiy, ijtimoiy-siyosiy, madaniy va adabiy jarayon munosabatlari tahlilga tortiladi. Kompyuter texnologiyalarining rivojlanishi dunyo hamjamiyatining kundalik turmush tarzini qamrab borar ekan insonning har qanday ehtiyojiga: moddiy, ma’naviy, ruhiy — hammasiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ayni mana shu inson bugun ijodkor tomondan yaratilayotgan badiiy asarning bosh qahramonidir. Bugungi kun insoninining xulq-atvori, xatti-harakatlarini ifodalayotgan milliy adabiyotlarning buguni va kelajagi, yashab qolish jihatlari haqida fikr yuritiladi. Tadqiqotning maqsadi globallashuv davri o‘zbek she’riyatining asosiy xususiyatlari va adabiy jarayon aloqasi, davr she’riyatining asosiy xususiyatlari va tamoyillari, internet adabiyoti va she"riyat, an’ana va yangilikka ijodiy munosabat, ijodkor uslubi va individualligi, shakl va mazmunda kuzatilayotgan o‘zgarishlarni tadqiq etishdan iborat.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.