Центральноазиатский журнал образования и инноваций 4-jild vation-son (2025) · 106–108-betlar
QORAQALPOQ TILI FANINI O'QITISHDA KOMPETENSIYAGA ASOSLANGAN YONDASHUV (ADABIYOTLAR SHARHI)
Gulshira, Orazbaeva
DOI: 10.5281/zenodo.17452184 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada yuqori sinflarda qoraqalpoq tili fanini o‘qitishda kompetensiyaga asoslangan yondashuvning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Kompetensiyaviy ta’limning asosiy maqsadi o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini hayotiy faoliyat bilan bog‘lash, ularning kommunikativ, lingvistik hamda ijtimoiy-madaniy kompetensiyalarini rivojlantirishdan iborat. Maqolada qoraqalpoq tili fanida kompetensiyaviy yondashuvni qo‘llashning samarali metodlari, dars jarayonida interaktiv va innovatsion texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, kompetensiyaga asoslangan o‘qitish o‘quvchilarning nutq faoliyatini faollashtiradi, mustaqil fikrlashni kuchaytiradi hamda tilni amaliy qo‘llash malakasini oshiradi. Shuningdek, maqolada tajriba-sinov ishlari natijalari, o‘quvchilarning bilim darajasidagi ijobiy o‘zgarishlar va metodikaning samaradorligi ilmiy asosda yoritilgan.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.