Центральноазиатский журнал образования и инноваций 4-jild vation-son (2025) · 34–36-betlar
AKNELAR BILAN KURASHISHDA ZAMONAVIY KOSMETOLOGIK YONDASHUVLAR
Yulduz, Narmetova, Xurshida, Saburova
DOI: 10.5281/zenodo.17797578 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Aknelar (ugrilar) – inson terisida eng ko‘p uchraydigan kosmetik muammolardan biri bo‘lib, asosan yog‘ bezlarining ortiqcha faoliyati va follikulalarning tiqilib qolishi natijasida paydo bo‘ladi. Bu holat o‘smirlik davrida keng tarqalgan bo‘lsa-da, so‘nggi yillarda kattalarda ham uchramoqda. Ushbu maqolada aknelerin kelib chiqish sabablari, ularning turlari, shuningdek, ularni bartaraf etishda zamonaviy kosmetologik yondashuvlarning o‘rni yoritib berilgan. Zamonaviy kosmetologiyada aknelarni davolashda kompleks yondashuv qo‘llaniladi: to‘g‘ri parhez, gigiyenik qoidalarga rioya qilish, tibbiy muolajalar va apparatli texnologiyalarni birgalikda qo‘llash orqali yuqori samaraga erishiladi. Xususan, ultratovushli tozalash, kimyoviy piling, lazer terapiyasi, mezoterapiya, plazmolifting va kriyoterapiya kabi muolajalar akne bilan samarali kurashda o‘zini oqlagan.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.