Eurasian Journal of Technology and Innovation 2-jild logy-son (2024) · 5–8-betlar
KEPLERNING SAYYORALAR HARAKATI QONUNLARI
Nabiyev, Shavkat, Akbarova, Munisabonu
DOI: 10.5281/zenodo.14412974 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur maqolada Yoxann Keplerning sayyoralar harakati qonunlari to‘g‘risidagi ilmiy kashfiyotlari, ularning tarixiy o‘rni, ilmiy va amaliy ahamiyati batafsil o‘rganiladi. Sayyoralar orbitasi va ularning harakatidagi qonuniyatlarni tahlil qilishda Keplerning uchta asosiy qonuni muhim rol o‘ynaydi. Ushbu maqolada Keplerning sayyoralar harakati haqidagi nazariyasi, uning Ptolemey va Kopernik tomonidan ilgari surilgan modellarni qanday to‘g‘rilashga yordam bergani, shuningdek, uning amaliy natijalari va bugungi kunda ilm-fan va kosmik tadqiqotlarda qanday qo‘llanilayotgani yoritiladi. Sayyoralar va ularning orbitasi haqidagi ilmiy tushunchalar Keplerning qonunlari yordamida yanada aniqroq va ishonchli bo‘ldi.
Kepler qonunlari, sayyoralar harakati, astronomiya, orbitaning ellips shakli, fizik qonunlar, Kepler, quyosh tizimi, astronavtika, gravitatsiya, matematik astronomiya.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.