Центральноазиатский журнал образования и инноваций 5-jild vation-son (2026) · 54–57-betlar

OVOZDA BOʻLAYOTGAN OʻZGARISHLAR ASOSIDA MA'LUM KASALLIKLARNI ANIQLASH UCHUN MOBIL ILOVA ISHLAB CHIQISH.

Boburjon, Goibnazarov, Gavxar, Xaydarova, Maftuna, Obloqulova

DOI: 10.5281/zenodo.18241528 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Hozirgi kunda mobil qurilmalardan tibbiyotda foydalanish sezilarli darajada oshmoqda. Bunday qurilmalar klinik yozuvlar va multimedia ma’lumotlarini saqlash, qayta ishlash va almashish imkonini beradi hamda foydalanuvchilarga sog‘liqlarini istalgan joydan monitoring qilish va boshqarish imkoniyatini yaratadi. Taklif etilayotgan mobil ilova disfoniya va boshqa ovoz bilan bog‘liq patologiyalarni aniqlashga qaratilgan bo‘lib, foydalanuvchilarning hayot sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan ovoz buzilishlarini erta aniqlash imkonini beradi. Ilovaning ishlashi uchun Toshkent tibbiyot akademiyasi ma’lumotlar bazasi, sog‘lom va patologik ovoz namunalaridan iborat ma’lumotlar to‘plami hamda zamonaviy dasturlash tillari qo‘llanildi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.