Центральноазиатский журнал образования и инноваций 5-jild vation-son (2026) · 154–159-betlar

PEDAGOGIK MUNOSABATLARDA EMOTSIONAL BARQARORLIK TUSHUNCHASINING NAZARIY ASOSLARI

Nilufar, Ziyodova

DOI: 10.5281/zenodo.18385208 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada pedagogik munosabatlar jarayonida emotsional barqarorlik tushunchasining nazariy asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi emotsional barqarorlikning pedagogik muloqotdagi o‘rni va ahamiyatini aniqlash hamda uni izohlovchi asosiy psixologik yondashuvlarni tizimlashtirishdan iborat. Tadqiqot nazariy yo‘nalishda olib borilib, unda ilmiy-pedagogik va psixologik adabiyotlarni tahlil qilish, qiyosiy tahlil va umumlashtirish metodlaridan foydalanildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, emotsional barqarorlik pedagog shaxsining muhim kasbiy sifati bo‘lib, u pedagogik muloqotning konstruktiv kechishini, ta’lim jarayonida psixologik qulay muhitning shakllanishini hamda talabalar bilan samarali hamkorlikni ta’minlaydi. Munozara jarayonida emotsional barqarorlik shaxsga yo‘naltirilgan, faoliyatga asoslangan va kognitiv yondashuvlar doirasida izohlanib, ushbu yondashuvlarning pedagogik munosabatlarni tushuntirishdagi ahamiyati asoslab berildi. Tadqiqot xulosalari bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy tayyorlash jarayonida emotsional barqarorlikni shakllantirish zarurligini ko‘rsatadi

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.