Центральноазиатский журнал образования и инноваций 5-jild vation-son (2026) · 77–84-betlar
O'QITUVCHILARNING IQTISODIY KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI
Akram, Sohibov, Ziyoda, Zaripova
DOI: 10.5281/zenodo.18387439 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur ilmiy tadqiqotda o‘qituvchilarning iqtisodiy kompetensiyasini shakllantirishning nazariy-metodologik asoslari tizimli yondashuv asosida tahlil etilgan. Tadqiqot doirasida iqtisodiy kompetensiya tushunchasining mazmun-mohiyati, uning pedagogik ta’lim jarayonidagi o‘rni va ahamiyati, shuningdek, zamonaviy kompetensiyaviy yondashuv, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, faoliyatga asoslangan o‘qitish va refleksiv pedagogika tamoyillari asosida rivojlantirish mexanizmlari asoslab berilgan. Metodologik jihatdan tadqiqotda tizimli, integrativ, kompetensiyaviy, aksiologik va akmeologik yondashuvlar uyg‘unlashtirilgan holda iqtisodiy kompetensiyani shakllantirish modeli ishlab chiqilgan. Shuningdek, innovatsion pedagogik texnologiyalar, raqamli ta’lim resurslari hamda interfaol metodlardan foydalanish orqali o‘qituvchilarning iqtisodiy bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish imkoniyatlari yoritilgan. Tadqiqot natijalari pedagog kadrlarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish, ta’lim jarayonida iqtisodiy savodxonlikni oshirish hamda bozor iqtisodiyoti sharoitida samarali faoliyat yurituvchi raqobatbardosh o‘qituvchilarni tayyorlashga xizmat qiladi
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.