Центральноазиатский журнал образования и инноваций 5-jild vation-son (2026) · 178–180-betlar
KO'P QAVATLI UYLAR QURILISHIDA XAVFSIZLIK STANDARTLARI VA URBANISTIK MUAMMOLAR
Abbos, Pardayev, Jahongir, O`rinov
DOI: 10.5281/zenodo.19333895 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
standartlari va urbanistik muammolarning o‘zaro bog‘liqligini chuqur yoritadi. So‘nggi yillarda yirik shaharlarda aholining keskin ko‘payishi, migratsiya jarayonlarining jadallashuvi va yer resurslarining cheklanganligi tufayli ko‘p qavatli uylar qurilishi intensiv ravishda kengayib bormoqda. Bu jarayon esa, o‘z navbatida, qurilish xavfsizligini ta’minlash, loyihalash jarayonida me’yoriy talablarni qat’iy qo‘llash, zilzilabardoshlik ko‘rsatkichlarini oshirish, energiya samarador materiallardan foydalanish hamda insonlarning hayot sifati va xavfsizligini kafolatlash kabi dolzarb masalalarni kun tartibiga olib chiqadi. Maqolada ko‘p qavatli uylar qurilishida zamonaviy texnologiyalar, konstruktiv yechimlar, yong‘inga qarshi himoya tizimlari, ekologik xavfsizlik, transport infratuzilmasi bilan uyg‘unlik va shahar makonining to‘g‘ri rejalashtirilishi kabi jihatlar atroflicha tahlil qilinadi. Shuningdek, urbanistik muammolar — aholining zichligi oshishi, yashil hududlarning qisqarishi, transport tirbandliklari, infratuzilmaning yuklamasi ortishi, ekologik muvozanatning buzilishi kabi masalalar ilmiy asosda ko‘rib chiqiladi..
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.