Центральноазиатский журнал образования и инноваций 5-jild vation-son (2026) · 93–97-betlar

SHOSHILINCH YORDAM KO'RSATISHDA BOLALAR BO'LIMI KATTA HAMSHIRASINING ROLI

Gulchehra, Omarova

DOI: 10.5281/zenodo.19493970 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada shoshilinch yordam ko‘rsatish tizimida bolalar bo‘limi katta hamshirasining kasbiy o‘rni, funksional vazifalari va amaliy ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda katta hamshiraning tashkiliy-boshqaruv faoliyati, hamshiralik parvarishini muvofiqlashtirish, sanitariya-epidemiologik nazoratni ta’minlash, favqulodda holatlarda tezkor harakat qilish, bo‘lim xodimlari ishini tashkil etish hamda ota-onalar bilan kommunikatsiyani yo‘lga qo‘yishdagi roli yoritilgan. Shuningdek, bolalar bo‘limida shoshilinch yordam sifati va xavfsizligini oshirishda katta hamshiraning menejerlik, pedagogik va nazorat funksiyalari muhim omil ekani asoslab berilgan. Maqola natijalari katta hamshira faoliyatini takomillashtirish orqali pediatrik shoshilinch yordam samaradorligini oshirish mumkinligini ko‘rsatadi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.