Центральноазиатский журнал образования и инноваций 5-jild vation-son (2026) · 62–66-betlar
QISHLOQ JAMOALARIDA IJTIMOIY HAMKORLIK VA BARQAROR RIVOJLANISH JARAYONLARI
Madina, Dadaboyeva
DOI: 10.5281/zenodo.20020694 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqola qishloq jamoalarida ijtimoiy hamkorlik va uning barqaror rivojlanish jarayonlariga ta’sirini tahlil qiladi. Tadqiqot Bekobod tumanidagi qishloq jamoalari misolida olib borilgan bo‘lib, asosiy e’tibor jamoaviy tashabbuslar, ekologik va ijtimoiy loyihalarning samaradorligi hamda ularni amalga oshirishdagi muammolarga qaratilgan. Maqolada sifat va miqdoriy tadqiqot metodlari birlashtirilib, intervyular, so‘rovnomalar va maydon kuzatuvlari orqali ma’lumotlar yig‘ildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, jamoaviy hamkorlik mahalliy infratuzilmani yaxshilash, ekologik muammolarni kamaytirish va aholining ijtimoiy faolligini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Shu bilan birga, resurslarning yetishmasligi, yetakchilik va axborot salohiyatining pastligi kabi qiyinchiliklar ham mavjudligi aniqlangan. Muhokama qismida natijalar ilgari o‘tkazilgan tadqiqotlar bilan solishtirilib, qishloq jamoalarida barqaror rivojlanishni rag‘batlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.