Центральноазиатский журнал образования и инноваций 5-jild vation-son (2026) · 70–73-betlar

ANTIMIKROB REZISTENTLIK (AMR): GLOBAL MUAMMO VA ZAMONAVIY YECHIMLAR

Y.Y., Valiyev, Elbek, Omonov

DOI: 10.5281/zenodo.20121157 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

So‘nggi yillarda antibiotiklarga chidamli bakteriyalar muammosi butun dunyo tibbiyotida jiddiy masalaga aylanib bormoqda. Antibiotiklar bakterial infeksiyalarni davolashda muhim vosita bo‘lib kelgan bo‘lsa-da, ularning noto‘g‘ri va ortiqcha qo‘llanilishi natijasida mikroorganizmlarda rezistentlik shakllanmoqda. Mazkur maqolada antibiotiklarga chidamli bakteriyalarning paydo bo‘lish mexanizmlari, ularning genetik asoslari hamda antibiotik rezistentligining tarqalish yo‘llari tahlil qilinadi. Shuningdek, bakteriyalarning fermentativ himoya tizimlari, hujayra devori o‘zgarishlari va genetik mutatsiyalar orqali antibiotiklarga moslashish jarayonlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari antibiotiklardan oqilona foydalanish va rezistentlikni kamaytirish choralarini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.