Центральноазиатский журнал образования и инноваций 5-jild vation-son (2026) · 189–196-betlar
EKOLOGIK HUQUQLARNI HIMOYA QILISHDA IQLIM BO‘YICHA SUD DA‘VOLARINING ROLI: MARKAZIY OSIYO VA O‘ZBEKISTON UCHUN IMKONIYATLAR VA TO‘SIQLAR
Kamilov, Oybek, Mirzaturg‘unova, Nigoraxon
DOI: 10.5281/zenodo.20267614 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Iqlim o‘zgarishlari nafaqat tabiatga, balki insonlarning kundalik hayotiga, jumladan, sog‘lig‘iga, oziq-ovqatiga, uy-joyiga bevosita ta‘sir qilmoqda. Shu sababli so‘nggi yillarda iqlim o‘zgarishlari bilan bog‘liq ekologik huquqlarni sudda himoya qilish amaliyoti yangi bosqichga chiqdi. Mazkur maqolada iqlim o‘zgarishlari va ekologik huquqlar o‘rtasidagi bog‘liqlik o‘rganiladi; Germaniya, Yevropa va Pokistondagi yangi sud ishlari,jumladan, Neubauer v. Germaniya, Duarte Agostinho v. Portugaliya va 32 ta davlat, hamda Pokiston iqlim amaliyoti orqali inson huquqlarini iqlim talablari asosida himoya qilish mexanizmlari tahlil qilinadi. Markaziy Osiyo va O‘zbekiston uchun ekologik huquqlar himoyasida mavjud muammolar va huquqiy bo‘shliqlar aniqlanadi hamda amaliy tavsiyalar taqdim etiladi.
iqlim bo‘yicha sud da‘volari, ekologik huquqlar, iqlimiy adolat, Markaziy Osiyo, inson huquqlari
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.