Центральноазиатский журнал образования и инноваций 5-jild vation-son (2026) · 155–163-betlar
XAVFSIZ MAHALLA KONSEPSIYASI DOIRASIDA MANZILLI PROFILAKTIK CHORA-TADBIRLAR TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH
Kushbakov, Dilshod
DOI: 10.5281/zenodo.20454286 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Maqolada “xavfsiz mahalla” konsepsiyasi doirasida manzilli profilaktik chora-tadbirlar tizimini takomillashtirishning tashkiliy-huquqiy va kriminologik asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqot O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qarorida belgilangan yaxlit manzilli ishlash, ijtimoiy profilaktika, “mahalla – tuman – viloyat” darajasidagi yo‘l xaritalari, elektron nazorat va fuqarolar murojaatlariga tezkor munosabat bildirish mexanizmlariga tayangan holda ishlab chiqildi. Maqolada Chilonzor tumani “Botirma” mahalla fuqarolar yig‘inida IIV Akademiyasi tomonidan amalga oshirilgan ilmiy-amaliy tadbirlar natijalari empirik asos sifatida baholanib, xavf omillarini aniqlash, xonadonbay va fuqarobay tahlil, ijtimoiy profilaktika obyektlarini nomma-nom biriktirish, texnik xavfsizlik infratuzilmasini mustahkamlash hamda raqamli aloqa kanallaridan foydalanish bo‘yicha takliflar ilgari suriladi.
xavfsiz mahalla, manzilli profilaktika, ijtimoiy profilaktika, kriminogen vaziyat, mahalla yettiligi, profilaktika inspektori, yo‘l xaritasi, elektron nazorat, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.