Центральноазиатский журнал образования и инноваций 5-jild vation-son (2026) · 68–74-betlar

RAQAMLI IQTISODIYOTDA XIZMAT KO'RSATISH SOHASINING TRANSFORMATSIYASI VA RAQOBATBARDOSHLIKKA TA'SIR QILUVCHI OMILLAR

Muxitdinov, Xudayor

DOI: 10.5281/zenodo.20538350 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida xizmat ko‘rsatish sohasining transformatsiyasi va uning raqobatbardoshligiga ta’sir etuvchi omillar ilmiy jihatdan tadqiq etilgan. Xizmatlar sektorida raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar (Big Data), elektron tijorat va raqamli platformalarning joriy etilishi natijasida yuz berayotgan tarkibiy o‘zgarishlar tahlil qilingan. Tadqiqot davomida xizmat ko‘rsatish sohasining raqobatbardoshligini belgilovchi asosiy omillar, jumladan raqamli infratuzilma rivojlanganligi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga investitsiyalar hajmi, elektron xizmatlardan foydalanish darajasi va inson kapitali sifati o‘rganilgan. Shuningdek, xizmatlar sektorining raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan iqtisodiy va tashkiliy mexanizmlar asoslab berilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, raqamli transformatsiya xizmat ko‘rsatish korxonalarining samaradorligini oshirish, xarajatlarni kamaytirish va bozor imkoniyatlarini kengaytirishda muhim omil ekanligi aniqlangan. Olingan natijalar asosida xizmat ko‘rsatish sohasining barqaror rivojlanishini ta’minlash va uning raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

Raqamli iqtisodiyot, xizmat ko‘rsatish sohasi, raqamli transformatsiya, raqobatbardoshlik, sun’iy intellekt, Big Data, elektron xizmatlar, AKT, innovatsiyalar, raqamli platformalar, iqtisodiy samaradorlik, xizmatlar bozori, elektron tijorat, raqamli infratuzilma, ekonometrik tahlil

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.