Центральноазиатский журнал образования и инноваций 5-jild vation-son (2026) · 91–95-betlar
NOZOKOMIAL INFEKTSIYALAR: ZAMONAVIY QARASHLAR VA ULARNI NAZORAT QILISH STRATEGIYALARI
Yusupova, B.Y
DOI: 10.5281/zenodo.20538935 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur maqolada shifoxona ichi (nozokomial) infektsiyalarning dolzarbligi, etiologiyasi, epidemiologiyasi, tasnifi, diagnostikasi, davolash va profilaktika choralari tahlil qilingan. Nozokomial infektsiyalar tibbiy muassasalarda keng tarqalgan bo‘lib, ular bemorlarning asosiy kasallik kechishini og‘irlashtiradi, davolanish muddatini uzaytiradi va o‘lim xavfini oshiradi. Maqolada ushbu infektsiyalarning asosiy qo‘zg‘atuvchilari sifatida opportunistik mikroorganizmlar, viruslar va zamburug‘larning roli yoritilgan. Shuningdek, infektsiyaning yuqish yo‘llari, xavf guruhlari va invaziv muolajalarning ahamiyati ko‘rib chiqilgan. Zamonaviy laborator diagnostika usullari va antibiotikogrammaga asoslangan davolash yondashuvlari bayon etilgan. Nozokomial infektsiyalarning oldini olishda aseptika va antiseptika qoidalariga qat’iy rioya qilish, sterilizatsiya jarayonlarini takomillashtirish hamda epidemiologik nazoratni kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi
Nozokomial infektsiya, shifoxona ichi infektsiya, opportunistik mikroorganizmlar, sepsis, bakteremiya, antibiotik rezistentlik, invaziv muolajalar, laborator diagnostika, profilaktika, aseptika, antiseptika, epidemiologik nazorat.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.