Центральноазиатский журнал образования и инноваций 5-jild vation-son (2026) · 181–185-betlar
BOSHLANG'ICH SINF DARSLARIDA O'QUVCHILARDA AGRESSIV XULQ-ATVORNI NAZORAT QILISH: INTEGRATSIYALASHGAN PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK YONDASHUV
Nusratova, Setora
DOI: 10.5281/zenodo.20758014 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqola boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida agressiv xulq-atvorning kelib chiqish sabablari, uning ta’lim jarayoniga ta’siri va ushbu xulq-atvorni samarali nazorat qilish metodikasini ilmiy-amaliy jihatdan tahlil etadi. Maqolada agressiya muammosiga psixologik (ijtimoiy o‘rganish nazariyasi, kognitiv-xulq-atvor nazariyasi) va pedagogik yondashuvlar uyg‘unligi asosida kompleks yechimlar taklif qilinadi. O‘qituvchining sinf muhitini boshqarish, ijtimoiy-hissiy ko‘nikmalarni o‘rgatish, xulq-atvorni pozitiv mustahkamlash, shuningdek, ota-onalar bilan hamkorlik qilishga qaratilgan strategiyalar batafsil yoritilgan. Tadqiqotning maqsadi – agressiv xulq-atvorning oldini olish va uni bartaraf etish bo‘yicha boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqish, ta’lim samaradorligini oshirish va sinfda ijobiy, xavfsiz muhitni yaratishga ko‘maklashishdan iborat.
Agressiv xulq-atvor, boshlang‘ich sinflar, nazorat qilish metodikasi, ijtimoiy-hissiy ko‘nikmalar, xulq-atvor boshqaruvi, pozitiv mustahkamlash, o‘qituvchi roli, konfliktlarni hal qilish, ota-onalar bilan hamkorlik.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.