Центральноазиатский журнал образования и инноваций 5-jild vation-son (2026) · 20–25-betlar

MINTAQAVIY SUDLARNING JAHON VA MAHALLIY SIYOSATGA TA’SIRIDAGI O’RNI

Nabiyev, Akram

DOI: 10.5281/zenodo.20798288 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur mavzu mintaqaviy sudlarning jahon va mahalliy siyosatga ta’sirini o‘rganishga bag‘ishlangan. Unda mintaqaviy sud institutlarining huquqiy tizimdagi o‘rni, ularning davlatlararo munosabatlarga ta’siri hamda inson huquqlarini himoya qilishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Xususan, Yevropa Inson huquqlari sudi, Yevropa Ittifoqi sudi va Amerika Inson huquqlari sudi kabi mintaqaviy sud organlarining faoliyati misol sifatida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda ushbu sudlarning qarorlari milliy qonunchilikka qanday ta’sir ko‘rsatishi, davlat siyosatini shakllantirishdagi roli hamda xalqaro huquq normalarini mustahkamlashdagi o‘rni yoritiladi. Shuningdek, mintaqaviy sudlarning siyosiy jarayonlarga bilvosita ta’siri, davlat suvereniteti va xalqaro majburiyatlar o‘rtasidagi muvozanat masalalari ham muhokama qilinadi. Natijada, mintaqaviy sudlar nafaqat huquqiy nizolarni hal etuvchi organ, balki global va mahalliy siyosiy muhitga sezilarli ta’sir ko‘rsatuvchi muhim institut sifatida namoyon bo‘lishi asoslab beriladi.

mintaqaviy sudlar, xalqaro huquq, xalqaro tashkilotlar, sud amaliyoti, xalqaro nizolarni hal etish, sud qarorlari.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.