Центральноазиатский журнал образования и инноваций 5-jild vation-son (2026) · 26–31-betlar
QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASIDA XODIMLARGA BERILADIGAN KAFOLAT VA KOMPENSATSIYA TO‘LOVLARINI HUQUQIY TARTIBGA SOLISH
Axtamov, Qodir, Xudoyberdiyeva, Zinat
DOI: 10.5281/zenodo.20808706 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur ilmiy maqolada qishloq xo‘jaligi sohasida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan xodimlarga beriladigan kafolat va kompensatsiya to‘lovlarining huquqiy asoslari hamda ularni amaliyotda qo‘llash bilan bog‘liq muammolar tahlil qilingan. Tadqiqotda iqlim o‘zgarishi, mehnatning mavsumiy xususiyati va norasmiy bandlik sharoitida xodimlarning mehnat huquqlari hamda ijtimoiy kafolatlarini ta’minlash masalalari yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi va sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar asosida kafolat va kompensatsiya to‘lovlarini tartibga solish amaliyotidagi mavjud kamchiliklar tahlil qilinib, mehnat munosabatlarini rasmiylashtirish, xodimlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
qishloq xo‘jaligi, mehnat huquqi, kafolat to‘lovlari, kompensatsiya to‘lovlari, mavsumiy mehnat, norasmiy bandlik, fermer xo‘jaligi, mehnat munosabatlari, ijtimoiy himoya, qonunchilik.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.