Центральноазиатский журнал образования и инноваций 5-jild vation-son (2026) · 32–39-betlar
IQTISODIY SUDLARDA CHET EL QARORLARINI TAN OLISH VA IJROGA QARATISH
O‘rayev, Kamtarbek
DOI: 10.5281/zenodo.20811840 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur maqolada iqtisodiy sudlarda chet el sudlari va arbitrajlarining qarorlarini tan olish hamda ijroga qaratishning huquqiy asoslari, amaliyotda uchrayotgan muammolar va ularni bartaraf etish masalalari tahlil qilingan. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning kengayishi, xorijiy investitsiyalar hajmining ortishi va transchegaraviy tijorat nizolarining ko‘payishi chet el sud qarorlarini tan olish va ijro etish institutining ahamiyatini yanada oshirmoqda. Biroq ushbu jarayonda xalqaro shartnomalar mavjud emasligi, hujjatlarni legallashtirish va tarjima qilish bilan bog‘liq qiyinchiliklar, ommaviy tartib (public policy) mezonlarining turlicha talqin qilinishi kabi muammolar uchramoqda. Tadqiqot davomida qiyosiy-huquqiy, formal-yuridik hamda tahliliy metodlardan foydalanildi. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 248–258-moddalari, 1958-yilgi Nyu-York konvensiyasi, Kiyev bitimi, Minsk va Kishinyov konvensiyalari hamda ayrim ikki tomonlama xalqaro shartnomalar normalari o‘rganildi.
chet el sudlari qarorlari, arbitraj qarorlari, iqtisodiy sudlar, xalqaro xususiy huquq, iqtisodiy protsessual huquq, ommaviy tartib, transchegaraviy nizolar, ijro varaqasi, xalqaro tijorat arbitraji
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.