Центральноазиатский журнал образования и инноваций 5-jild vation-son (2026) · 54–58-betlar
TOSHKENT VA VILOYAT TELEKANALLARIDA YANGILIKLARNI YORITISH USLUBI, QIYOSIY TAHLILI
Alimdjanova, Iroda
DOI: 10.5281/zenodo.20839344 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi respublika va poytaxt telekanallari hamda viloyat telekanallarida yangiliklarni yoritish uslubi qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda yangiliklar dasturlarining mavzu tanlashi, axborot berish tezkorligi, jurnalistik til, reportyorlik yondashuvi, mahalliy auditoriya ehtiyojlarini aks ettirish darajasi hamda raqamli platformalardan foydalanish xususiyatlari o‘rganiladi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, Toshkent telekanallarida yangiliklar ko‘proq respublika miqyosidagi rasmiy voqealar, siyosiy-iqtisodiy jarayonlar va yirik ijtimoiy masalalarga qaratilgan bo‘lsa, viloyat telekanallarida mahalliy hayot, hududiy muammolar, obodonlashtirish, qishloq xo‘jaligi, mahalla faoliyati va aholi turmushiga yaqin mavzular ustuvorlik qiladi.
televideniye, yangiliklar dasturi, Toshkent telekanallari, viloyat telekanallari, axborot, reportaj, jurnalistik uslub, qiyosiy tahlil, mahalliy jurnalistika.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.