Центральноазиатский журнал образования и инноваций 5-jild vation-son (2026) · 59–67-betlar

TERAPIYA BO‘LIMI MUOLAJA HAMSHIRASINING BEMOR XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDAGI O‘RNI VA KASBIY MAS’ULIYATI

Atabekova, Maktuba

DOI: 10.5281/zenodo.20841550 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Maqolada terapiya bo‘limi muolaja hamshirasining bemor xavfsizligini ta’minlashdagi o‘rni va kasbiy mas’uliyati yoritilgan. Terapiya bo‘limida davolanayotgan bemorlarning klinik holati, yondosh kasalliklari, dori vositalariga sezuvchanligi va individual xususiyatlari muolaja hamshirasidan yuqori darajadagi bilim, aniqlik, e’tibor va mas’uliyatni talab qiladi. Maqolada muolaja hamshirasining shifokor ko‘rsatmalarini to‘g‘ri va o‘z vaqtida bajarishi, dori vositalarini xavfsiz qo‘llashi, inyeksiya va infuziya muolajalarini aseptika-antiseptika qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshirishi, bemor holatini kuzatishi hamda tibbiy hujjatlarni yuritishdagi vazifalari tahlil qilingan. Shuningdek, dori terapiyasi xavfsizligi, infeksion nazorat, bemor bilan samarali muloqot, nojo‘ya reaksiyalarni erta aniqlash va favqulodda holatlarda tezkor harakat qilish muolaja hamshirasi faoliyatining muhim tarkibiy qismlari sifatida ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari terapiya bo‘limi muolaja hamshirasining kasbiy kompetensiyasi bemor xavfsizligini ta’minlash, davolash samaradorligini oshirish va tibbiy xizmat sifatini yaxshilashda muhim omil ekanligini ko‘rsatadi.

Terapiya bo‘limi, muolaja hamshirasi, bemor xavfsizligi, kasbiy mas’uliyat, dori terapiyasi, inyeksiya, infuziya, aseptika, antiseptika, infeksion nazorat, tibbiy hujjatlar, hamshiralik ishi, davolash jarayoni, tibbiy xizmat sifati.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.