Центральноазиатский журнал образования и инноваций 5-jild vation-son (2026) · 68–76-betlar
OPERATSION BO‘LIM HAMSHIRASINING JARROHLIK AMALIYOTI XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDAGI O‘RNI VA KASBIY MAS’ULIYATI
Tagayeva, Gulzoda
DOI: 10.5281/zenodo.20841605 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Maqolada operatsion bo‘lim hamshirasining jarrohlik amaliyoti xavfsizligini ta’minlashdagi o‘rni va kasbiy mas’uliyati yoritilgan. Zamonaviy jarrohlik amaliyotida bemor xavfsizligini ta’minlash, aseptika va antiseptika qoidalariga qat’iy rioya qilish, steril muhitni saqlash, jarrohlik asbob-uskunalarini tayyorlash va nazorat qilish operatsion hamshiraning muhim vazifalari sifatida tahlil qilinadi. Maqolada operatsion hamshiraning operatsiyadan oldingi, operatsiya davomidagi va operatsiyadan keyingi faoliyati, jarrohlik brigadasi bilan hamkorligi, infeksion asoratlarning oldini olishdagi roli hamda tibbiy xizmat sifatini oshirishdagi ahamiyati ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, operatsion bo‘lim hamshiralarining kasbiy kompetensiyasini oshirish, xavfsizlik chek-listlaridan foydalanish, infeksion nazorat protokollariga amal qilish va zamonaviy tibbiy texnologiyalar bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish zarurligi asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari operatsion hamshiraning bilim, tajriba, aniqlik, mas’uliyat va jamoaviy muloqotga asoslangan faoliyati jarrohlik amaliyoti xavfsizligi va bemor salomatligini ta’minlashda muhim omil ekanligini ko‘rsatadi.
Operatsion bo‘lim hamshirasi, jarrohlik amaliyoti, bemor xavfsizligi, kasbiy mas’uliyat, aseptika, antiseptika, steril muhit, infeksion nazorat, jarrohlik brigadasi, tibbiy xizmat sifati, hamshiralik ishi, operatsiya xavfsizligi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.