Центральноазиатский журнал образования и инноваций 5-jild vation-son (2026) · 12–15-betlar
HARBIY QISMLARDA UUA TAHDIDLARIGA QARSHI KO‘P QATLAMLI HIMOYA TIZIMINI TASHKIL ETISH
Korabayev, Xoliyor
DOI: 10.5281/zenodo.21186321 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur maqolada zamonaviy jangovar harakatlarda uchuvchisiz uchish apparatlarining (UUA) keng qo‘llanilishi natijasida yuzaga kelayotgan tahdidlar hamda harbiy qismlarni ushbu tahdidlardan himoya qilishning ko‘p qatlamli tizimini tashkil etish masalalari tahlil qilingan. Dronlarning razvedka, kuzatuv, nishonlarni aniqlash va zarba berish imkoniyatlari harbiy obyektlar xavfsizligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatayotganligi asoslab berilgan. Harbiy qismlarni himoyalashda tashkiliy, muhandislik, radioelektron kurash, texnik va faol qarshi ta’sir choralarini yagona tizim sifatida qo‘llashning afzalliklari yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy urushlar tajribasi asosida harbiy obyektlarning UUA tahdidlariga qarshi barqarorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
uchuvchisiz uchish apparati, FPV dron, radioelektron kurash, harbiy obyekt, ko‘p qatlamli himoya, kamikadze dron, maskirovka, aerokuzatuv, anti-dron tizimi, muhandislik himoyasi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.