Центральноазиатский журнал образования и инноваций 5-jild vation-son (2026) · 31–39-betlar
XOTIN-QIZLARGA NISBATAN SODIR ETILADIGAN TAZYIQ VA ZO‘RAVONLIKLARDA JINOYATCHI SHAXSI TAVSIFI
Maxtumova, Yulduz
DOI: 10.5281/zenodo.21234126 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada xotin-qizlarga nisbatan sodir etilayotgan tazyiq va zo‘ravonliklarning huquqiy va ijtimoiy jihatlari tahlil qilinadi. Ayniqsa, jinoyatchi shaxsining psixologik portreti, unga xos xulq-atvor, turmush tarzidagi og‘ishlar hamda huquqbuzarlik sodir etishga moyillik darajasi ochib berilgan. Muallif “huquqbuzar shaxs” tushunchasiga oydinlik kiritish hamda maishiy zo’ravonlik sodir etgan shaxslarga nisbatan profilaktik hisob ishi yuritilishi zarurligini asoslaydi. Shuningdek, xorijiy, xususan Kanada tajribasi misolida kiberzo‘ravonliklarga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus markazlar faoliyati tahlil qilinib, O‘zbekistonda ham shunday tuzilmalarni tashkil etish taklif qilinadi. Maqolada jinoyatchi shaxsini yosh, ijtimoiy ahvoli, psixologik holati, ichkilikbozlik yoki giyohvandlik darajasi kabi mezonlarga ko‘ra guruhlarga ajratib o‘rganish zarurligi ko‘rsatib o‘tilgan. Xulosa qismida esa xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonliklarni kamaytirish uchun qonunchilik, profilaktik va amaliy islohotlar zarurati ta’kidlanadi
xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik, zo’ravon, huquqbuzar, jinoyatchi shaxs, kiberzo‘ravonlik, huquqbuzarlik, huquqiy islohotlar.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.