Центральноазиатский журнал образования и инноваций 5-jild vation-son (2026) · 18–26-betlar
MARKAZIY BANK PUL-KREDIT SIYOSATINING MILLIY IQTISODIYOT BARQARORLIGIGA TA'SIR
Abdirazakov, Iskander
DOI: 10.5281/zenodo.21290628 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada markaziy bankning pul-kredit siyosati vositalari — asosiy stavka, majburiy zaxira normalari, ochiq bozor operatsiyalari va inflyatsiyani targetlash rejimi — milliy iqtisodiyot barqarorligiga, xususan, narxlar barqarorligi, ishlab chiqarish faolligi va moliyaviy tizim mustahkamligiga ta'sir qilish mexanizmlari tahlil qilingan. Tadqiqotda 2019–2025-yillar davomida O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining amaliyoti misolida asosiy stavka o'zgarishi bilan inflyatsiya darajasi, pul massasi va yalpi ichki mahsulot o'sish sur'atlari o'rtasidagi bog'liqlik statistik ma'lumotlar asosida o'rganilgan. Tadqiqot natijalari transmissiya mexanizmining foiz stavkasi, kredit, valyuta kursi va kutilmalar kanallari orqali ishlashini ko'rsatadi hamda pul-kredit siyosatini fiskal siyosat bilan muvofiqlashtirish zarurligini asoslaydi. Maqola oxirida O'zbekistonda inflyatsiyani targetlash tizimini takomillashtirish bo'yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
pul-kredit siyosati, markaziy bank, asosiy stavka, inflyatsiyani targetlash, makroiqtisodiy barqarorlik, transmissiya mexanizmi, moliyaviy barqarorlik, milliy iqtisodiyot.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.