Центральноазиатский журнал образования и инноваций 4-jild vation-son (2025) · 63–66-betlar
BOLALAR JISMONIY RIVOJLANISHIDAGI TAYANCH-HARAKAT TIZIMI PATOLOGIYALARINI KORREKSIYALASHDA ADAPTIV GIDROKINEZOTERAPIYA VA MEXANOTERAPIYANING SAMARADORLIGI
Turǵanbaev, Miyribek
DOI: 10.5281/zenodo.21354604 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada tayanch-harakat tizimi (THT) patologiyalari, xususan, bolalar bosh miya falaji va skolioz bilan og‘rigan 7–11 yoshli bolalarni harakat reabilitatsiyasida adaptiv gidrokinezoterapiya (suv muhitidagi mashqlar) hamda mexanoterapiya (maxsus trenajyorlar) usullarining birgalikdagi samaradorligi o‘rganildi. Tadqiqotda 40 nafar bola ishtirok etdi va ular ikki guruhga ajratildi. Nazorat guruhiga an’anaviy davolash jismoniy tarbiyasi (DJT) mashqlari qo‘llanilgan bo‘lsa, eksperimental guruhga gidrokinezoterapiya va mexanoterapiya uyg‘unlashgan maxsus AJT dasturi joriy etildi. 6 oylik pedagogik eksperiment natijalari shuni ko‘rsatdiki, eksperimental guruhdagi bolalarning mushaklar tonusi me’yorlashdi, bo‘g‘imlarning harakatlanish burchagi (goniometriya) o‘rtacha 14.5% ga oshdi. Olingan natijalar tayanch-harakat tizimi shikastlangan bolalarni adaptiv jismoniy tarbiya vositalari orqali reabilitatsiya qilish metodikasini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Adaptiv jismoniy tarbiya, tayanch-harakat tizimi, gidrokinezoterapiya, mexanoterapiya, bolalar bosh miya falaji, goniometriya, harakat reabilitatsiyasi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.