Центральноазиатский журнал образования и инноваций 5-jild vation-son (2026) · 38–41-betlar

HUJAYRA DARAJASIDAGI TAHLIL VA MIKRO-FARMOKOLGIYA

Yusupova, Karina

DOI: 10.5281/zenodo.21448763 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqolada neyrofarmakologiyaning eng dolzarb muammolaridan biri — dori vositalarining gematoensefalik to‘siq (Blood-Brain Barrier - BBB) orqali o‘tish dinamikasi va kinetikasini yuqori aniqlikda baholash metodologiyasi tadqiq qilingan. Markaziy asab tizimiga yo‘naltirilgan potensial dori molekulalarining qariyb 98 foizi biologik to‘siqlardan o‘ta olmasligi sababli, preklinik bosqichda ishonchli in vitro modellarga ehtiyoj yuqori. Maqolada an'anaviy statik in vitro (Transwell) tizimlari va in vivo hayvon modellarining turlararo farqlar hamda dinamik oqim yo‘qligi bilan bog‘liq fundamental cheklovlari batafsil tahlil qilingan. Muqobil yechim sifatida zamonaviy mikroflyuidik "Organ-on-a-Chip" (OOC) platformalari va on-line ultra-samarali suyuqlik xromatografiyasi hamda tandem mass-spektrometriya (UHPLC-MS/MS) integratsiyasining texnologik afzalliklari asoslab berilgan.Tadqiqot doirasida inson miya kapillyarlari endotelial hujayralari (hCMEC/D3), astrotsitlar va peritsitlar ko-kulturasi asosida yaratilgan chip ichidagi gidrodinamik muhit hamda kesish kuchlanishining (\(4-10 \text{ dyne/cm}^2\)) trans-endotelial elektr qarshiligiga (TEER) ta'siri baholandi. 

Gematoensefalik to‘siq (BBB), Online xromatografiya, UHPLC-MS/MS, Mikroflyuidika, Farmakokinetika, In vitro modellashtirish, Hujayra ichi transporti, Neyrofarmakologiya

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.