Центральноазиатский журнал образования и инноваций 5-jild vation-son (2026) · 42–45-betlar
SMART POLIMERLAR VA AVTOMATLASHTIRILGAN DORI YETKAZISH
Yusupova, Karina
DOI: 10.5281/zenodo.21448876 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu ilmiy maqolada zamonaviy bio-farmatsevtika va yuqori molekulali birikmalar kimyosining eng dolzarb muammolaridan biri — organizmning patologik o'choqlaridagi endogen stimullarga (pH muhitining o'zgarishi, lokal haroratning ko'tarilishi va o'ziga xos fermentlar konsentratsiyasi) javoban dori moddalarini avtomatlashtirilgan tarzda ajratib chiqaruvchi "aqlli" (smart) gidrogel tizimlarini loyihalash hamda ularning kinetik xususiyatlarini dasturlash masalalari har tomonlama tadqiq etilgan. An'anaviy dori shakllarining qonda dori konsentratsiyasini keskin oshirib yuborishi (toksik effekt) yoki kerakli darajadan pasaytirib yuborishi kabi tizimli kamchiliklari tahlil qilinib, muqobil ravishda faqatgina kasallangan to'qima mikromuhitida faollashuvchi polimer matrikslar muhandisligi taklif etilgan. Eksperimental-nazariy tadqiqotlar doirasida poli-N-izopropilakrilamid (PNIPAM) va polimetakril kislotasi (PMAA) kopolimerlari asosida tayyorlangan intellektual gidrogellarning fizik-kimyoviy xususiyatlari o'rganildi. Gidrogel tarkibiga fermentativ stimul sifatida matriks metalloproteinaza (MMP) fermentiga sezgir bo'lgan peptid zanjirlari kiritildi. Tizimning shishish (swelling) ko'rsatkichlari, faza o'tish harorati va turli pH muhitlaridagi xulq-atvori laboratoriya sharoitida metrologik baholandi.
Aqlli gidrogellar, Stimullarga sezgir polimerlar, pH muhitiga sezgirlik, Termosezgirlik, Fermentativ destruksiya, Maqsadli dori yetkazish, Ajralib chiqish kinetikasi, Dasturlashtirilgan farmakoterapiya, Polimer muhandisligi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.