Центральноазиатский журнал образования и инноваций 5-jild vation-son (2026) · 67–73-betlar

VILOYAT IQTISODIYOTIDA INVESTITSIYALAR, ISHLAB CHIQARISH VA BANDLIK O‘RTASIDAGI O‘ZARO BOG‘LIQLIKNI EKONOMETRIK MODELLASHTIRISH

Karimov, Olimjon

DOI: 10.5281/zenodo.21553622 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada viloyat iqtisodiyotida investitsiyalar, ishlab chiqarish hajmi va bandlik darajasi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ekonometrik modellashtirish usullari asosida tahlil qilingan. Investitsiyalar iqtisodiy o‘sishning muhim omili bo‘lib, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, yangi texnologiyalarni joriy etish va yangi ish o‘rinlari yaratish orqali hudud iqtisodiyotining rivojlanishiga xizmat qiladi. Tadqiqotda regressiya tahlili va ekonometrik yondashuvlar asosida investitsiyalar hajmining ishlab chiqarish va bandlik ko‘rsatkichlariga ta’siri baholandi. Natijalar investitsiyalar hajmining ortishi ishlab chiqarish hajmi va bandlik darajasining oshishiga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatishini tasdiqladi.

investitsiya, ishlab chiqarish, bandlik, viloyat iqtisodiyoti, ekonometrik model, regressiya tahlili, iqtisodiy o‘sish, hududiy rivojlanish.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.