Центральноазиатский журнал образования и инноваций 5-jild vation-son (2026) · 62–67-betlar
INKLYUZIV TA’LIMDA TARBIYACHI, O‘QITUVCHI VA OTA-ONA HAMKORLIGI
Berdiyeva, Diyora
DOI: 10.70413/cajei-v05-i08-p1-012 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada inklyuziv ta’lim jarayonida tarbiyachi, o‘qituvchi va ota-ona hamkorligining ahamiyati, mazmuni va samarali shakllari yoritilgan. Inklyuziv ta’limning asosiy maqsadi har bir o‘quvchiga, jumladan, alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalarga teng imkoniyat yaratish, ularning ta’lim olishi, ijtimoiylashuvi va shaxsiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Bunda tarbiyachi, o‘qituvchi va ota-onaning yagona pedagogik yondashuv asosida hamkorlik qilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada hamkorlikning pedagogik-psixologik asoslari, ota-onalar bilan muloqot qilish usullari, individual yondashuv, raqamli texnologiyalardan foydalanish, o‘quvchining rivojlanishini birgalikda kuzatish hamda muammolarni hamkorlikda hal etish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, kar va soqov o‘quvchilar bilan ishlashda imo-ishora tili, vizual materiallar va raqamli muloqot vositalaridan foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan.
inklyuziv ta’lim, tarbiyachi, o‘qituvchi, ota-ona, hamkorlik, alohida ta’lim ehtiyojlari, kar va soqov o‘quvchilar, imo-ishora tili, individual yondashuv, ijtimoiylashuv, pedagogik hamkorlik, oila va ta’lim muassasasi, raqamli texnologiyalar.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.