Центральноазиатский журнал образования и инноваций 5-jild vation-son (2026) · 68–71-betlar
PERIODONTAL BOG‘LAMNING TUZILISHI VA TISHNI ALVEOLYAR SUYAKDA USHLAB TURISHDAGI O‘RNI
Xolmurodova, Manzura, Axtamova, Irodaxon
DOI: 10.70413/cajei-v05-i08-p1-013 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Periodontal bog‘lam tishning ildiz sementi bilan alveolyar suyak o‘rtasida joylashgan, yuqori darajada ixtisoslashgan biriktiruvchi to‘qima bo‘lib, tishni alveolyar o‘simtada mustahkamlash, chaynash vaqtida yuzaga keladigan mexanik yuklamani taqsimlash va periodontal to‘qimalarning biologik muvozanatini saqlashda muhim ahamiyatga ega. Periodontal bog‘lam tarkibida kollagen tolalar, fibroblastlar, qon tomirlari, nerv tolalari, sementoblastlar va osteoblastlarga oid hujayralar mavjud. Uning asosiy strukturaviy komponenti Sharpey tolalari bilan bog‘liq bo‘lgan kollagen tolalar tizimidir. Ushbu maqolada periodontal bog‘lamning anatomik va gistologik tuzilishi, asosiy hujayralari, tolalar guruhlari, qon bilan ta’minlanishi, innervatsiyasi, mexanik va sensor funksiyalari hamda ortodontik tish harakatidagi biologik roli yoritilgan. Periodontal bog‘lamning normal tuzilishi va funksiyasini tushunish stomatologiyada periodontal kasalliklar, okklyuzion travma va ortodontik davolash mexanizmlarini anglash uchun muhimdir.
periodontal bog‘lam, periodont, alveolyar suyak, sement, kollagen, Sharpey tolalari, fibroblast, proprioseptsiya, periodontal ligament, ortodontik harakat.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.