Центральноазиатский журнал образования и инноваций 5-jild vation-son (2026) · 109–114-betlar
ROSSIYA FEDERATSIYASIDA YOSHLAR BILAN OMMAVIY MULOQOTNI TASHKIL ETISH: «ЗНАНИЕ.ПЕРВЫЕ» MARAFONI TAJRIBASI
Maxammadaliyev, Diyorbek
DOI: 10.70413/cajei-v5-i8-56589 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada Rossiya Federatsiyasida yoshlar bilan ishlashda qo‘llanayotgan «Знание.Первые» marafoni tajribasi o‘rganiladi. Marafon turli soha vakillari bilan ochiq muloqot, ma’ruza, savol-javob, master-klass va boshqa ishtirok shakllarini bir dastur doirasida birlashtiradi. Tadbirning markaziy va hududiy maydonlarda o‘tkazilishi, shuningdek, chiqishlarning internet orqali jonli uzatilishi auditoriya qamrovini kengaytirish imkonini beradi. Maqolada marafonning tashkil etilish tartibi, auditoriya bilan ishlash shakllari va raqamli kontentdan foydalanish xususiyatlari tahlil qilinadi. Shu bilan birga, tadbir natijalarini baholashda faqat ishtirokchilar soni yoki internetdagi ko‘rishlar miqdori bilan cheklanib qolmasdan, auditoriyaning amaldagi ishtiroki va kontentdan foydalanish darajasini ham hisobga olish zarurligi ko‘rib chiqiladi..
«Знание.Первые», yoshlar, marafon, ommaviy muloqot, auditoriya, interaktiv format, raqamli kontent, yoshlar siyosati
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.