Центральноазиатский журнал академических исследований 2-jild 10-son (2024) · 18–22-betlar

XALQARO MIQYOSDA AVTOMOBILLARDA YUK TASHISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA ULARNING HUQUQIY TARTIBGA SOLINISHI

Bahodirova, Sitora

DOI: 10.5281/zenodo.13912903 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Bugungi kunda davlatlar o‘rasida tashqi aloqalar, tijoriy munosabatlar, xususan tashqi iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalar tobora rivojlanib bormoqda. Bu esa ular o‘rtasida xalqaro transport aloqalarining, yuklarning xalqaro tranzitiga oid munosabatlarning yana keng tus olishiga, xalqaro ko‘lamda yuklar va yo‘lovchilarni tashish borasida xizmat ko‘rsatish sifatining oshishiga hamda bu sohani tartibga soluvchi xalqaro normativ-huquqiy hujjatlarning yanada takomillashtirilishiga turtki bo‘lmoqda. Olingan nazariy ma’lumotlarning tahlili asosida ushbu maqolada xalqaro xususiy huquqning muhim instituti bo‘lgan xalqaro miqyosda avtomobillarda yuk tashishning o‘ziga xos xususiyatlarni, xalqaro ko‘lamda avtomobillarda yuk tashish bilan bog‘liq munosabatlarning huquqiy tartibga solinishini ilmiy-nazariy tahlil qilish maqsdaga muvofiq.

xalqaro qatnov, xalqaro tashish, xalqaro avtomobillarda tashish, xalqaro tranzit, transport konvensiyalari, “TIR”(Transport international road).

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.