Центральноазиатский журнал академических исследований 3-jild 10-son (2025) · 103–106-betlar

JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLARNING MULKINI HIMOYA QILISHDA ICHKI ISHLAR ORGANLARINING ROLI: TASHKILIY-HUQUQIY ASOSLAR VA AMALIY MUAMMOLAR

Umarov, Zakir

DOI: 10.5281/zenodo.10885050 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasida jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini himoya qilishda ichki ishlar organlari (IIO) va ularga qarashli Qo‘riqlash Departamentining roliga bag‘ishlangan. Jismoniy va yuridik shaxslarning mulkiy huquqlarini himoya qilishda IIO va Qo‘riqlash Departamentining vazifalari, mahalla huquq-tartibot maskani orqali fuqarolar bilan hamkorlik va profilaktika choralari ko‘rib chiqiladi. Mavjud muammolar, xususan, kadrlar tayyorlashning yetarli emasligi, raqamli texnologiyalarning kam qo‘llanishi va murojaatlar bilan ishlashning sekinligi aniqlanadi. Maqolada qonunchilikni rivojlantirish, zamonaviy qo‘riqlash tizimlarini joriy etish va fuqarolar bilan hamkorlikni kuchaytirish orqali mulkni himoya qilish samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar berilgan. Maqola yuridik ta’lim muassasalari talabalari, IIO xodimlari va tadqiqotchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.

Ichki ishlar organlari, Qo‘riqlash Departamenti, jismoniy shaxslar, yuridik shaxslar, mulkni himoya qilish, tashkiliy-huquqiy asoslar, mahalla huquq-tartibot maskani, profilaktika, raqamli texnologiyalar, qonun ustuvorligi, shaffoflik.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.