Центральноазиатский журнал академических исследований 3-jild 4-son (2025) · 148–156-betlar

HOMILADORLIK VA TUG‘RUQDAN KEYINGI DEPRESSIYA: SABABLARI VA DAVOLASH USULLARI

Mirzayeva, Umida, Risbekova, Iroda

DOI: 10.5281/zenodo.15211202 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Homiladorlik va onalik ayol hayotidagi eng muhim davrlardan biri bo‘lishiga qaramay, u turli xil psixologik muammolarni ham keltirib chiqarishi mumkin. Tug‘ruqdan keyingi depressiya ko‘plab ayollarda uchraydigan holat bo‘lib, uning rivojlanishiga gormonal o‘zgarishlar, stress, uyqu yetishmovchiligi va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning yetarli emasligi sabab bo‘lishi mumkin. Ushbu maqolada tug‘ruqdan keyingi depressiyaning asosiy belgilari, rivojlanish mexanizmlari va diagnostikasi yoritiladi. Shuningdek, bu holatning ayolning umumiy ruhiy va jismoniy salomatligiga ta’siri tahlil qilinadi. Depressiyaning oldini olish va davolash usullari – psixoterapiya, farmakologik vositalar va turmush tarzini o‘zgartirish kabi yo‘nalishlarda ko‘rib chiqiladi. Psixoterapevtik yondashuvlar, jumladan, kognitiv-behavioral terapiya va oilaviy qo‘llab-quvvatlash usullari muhim ahamiyatga ega. Maqolada, shuningdek, turli davlatlarda tug‘ruqdan keyingi depressiyani kamaytirish bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotlar va ularning natijalari haqida ham ma’lumot beriladi..

homiladorlik, tug‘ruqdan keyingi depressiya, psixologik omillar, gormonal o‘zgarishlar, psixoterapiya, ruhiy salomatlik..

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.