Центральноазиатский журнал академических исследований 3-jild 4-son (2025) · 148–151-betlar

RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA INTELLEKTUAL MULK HUQUQLARINI HIMOYA QILISHNING HUQUQIY MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

Sarsenbaeva, Ellada

Manbada o'qish →

Annotatsiya

Mazkur maqolada O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi sharoitida intellektual mulk huquqlarini (IMH) himoya qilishning dolzarb huquqiy muammolari va ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilinadi. Milliy qonunchilik bazasi (Fuqarolik kodeksi, maxsus qonunlar) ko‘rib chiqilib, raqamli muhitda yuzaga kelayotgan asosiy qiyinchiliklar, jumladan, internet-piratlik, dasturiy ta’minot va ma’lumotlar bazalarini himoya qilishning o‘ziga xosliklari, elektron tijoratdagi huquqbuzarliklar yoritiladi. Mavjud huquqiy yechimlar, qonunchilikni takomillashtirish istiqbollari hamda xalqaro standartlarga, xususan, Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (WIPO) shartnomalariga moslashish zarurati muhokama qilinadi. Maqola xulosasida raqamli davr talablariga javob beradigan samarali IMH himoyasi tizimini yaratish uchun qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini doimiy ravishda takomillashtirib borish lozimligi ta’kidlanadi.

Intellektual mulk, mualliflik huquqi, raqamli iqtisodiyot, internet, huquqiy himoya, piratlik, domen nomi, dasturiy ta’minot, O‘zbekiston qonunchiligi, WIPO.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.