Центральноазиатский журнал академических исследований 3-jild 4-son (2025) · 107–119-betlar
KOLOPROKTOLOGIK YORDAMNI TASHKIL ETISHNING XALQARO TAJRIBASI: QIYOSIY TAHLIL VA O‘ZBEKISTON UCHUN STRATEGIK YO‘NALISHLAR
Matkarimov, Sanjarbek
DOI: 10.70413/cajar-v03-i04-p2-022 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Mazkur maqolada bir qator davlatlarda, jumladan Italiya, Turkiya, Hindiston, Janubiy Koreya, Ukraina va Belarusda joriy etilgan koloproktologik yordamni tashkil etishning zamonaviy modellariga tahliliy yondashuv berilgan. Tadqiqotda ambulator va statsionar yordamni uyg‘unlashtirish, kam invaziv texnologiyalarni (DG-HAL, LHP, lateks ligatura) keng qo‘llash, shuningdek, telemeditsina va raqamli kuzatuv vositalarining (PGI) joriy qilinishi asosiy yo‘nalishlar sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi sharoitida ushbu modellarni bosqichma-bosqich qo‘llash imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Mualliflar ikki xil yondashuvni taklif etadilar: birinchisi — mavjud statsionar tizim doirasida moslashuvchan integratsiya; ikkinchisi — raqamli texnologiyalarga asoslangan ambulator markazlarni bosqichma-bosqich rivojlantirish. Xulosa qilib aytiladiki, xorijiy tajribani tanlab olish va milliy realiyalarga moslashtirish O‘zbekistonda koloproktologik xizmatlar sifati va mavjudligini oshirishda muhim o‘rin tutadi.
koloproktologiya, kam invaziv texnologiyalar, ambulator yordam, telemeditsina, PGI, bemor yo‘nalishi, O‘zbekiston, xalqaro tajriba
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.