Центральноазиатский журнал академических исследований 3-jild 4-son (2025) · 152–155-betlar

ISLOM SHOIR NAZAR O‘GLI VA BAXSHICHILIK SAN’ATI: O‘ZBEK XALQ DOSTONCHILIGIDA MADANIY XIZMAT

Umirova, Xakima

DOI: 10.70413/cajar-v03-i04-p2-030 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada o‘zbek xalq og‘zaki ijodining muhim tarmoqlaridan biri bo‘lgan dostonchilik san’ati, uning ijrochilari — baxshilar faoliyati va ular tutgan o‘rni haqida fikr yuritiladi. Xususan, XIX–XX asrlar oralig‘ida yashab ijod qilgan Islom shoir Nazar o‘g‘lining hayoti, ijodi, doston aytish mahorati va ustozlari bilan bog‘liq jihatlar keng yoritilgan. Baxshilik san’atining o‘ziga xos xususiyatlari, do‘mbira kuyining ahamiyati, dostonlar orqali xalq hayotining aks etishi, shuningdek, Islom shoirning dostonlari va u keltirgan yangiliklar orqali xalqni xabardor qilishdagi roli ochib berilgan. Maqolada Islom shoirning baxshilik maktablari bilan aloqasi, ustozi To‘xtamish shoir bilan munosabati hamda dostonchilik san’atiga qo‘shgan hissasi tahlil etiladi. Ushbu maqola xalq og‘zaki ijodi, ayniqsa dostonchilikni o‘rganayotgan o‘quvchilar va tadqiqotchilar uchun muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.

Islom shoir, baxshilik san’ati, o‘zbek dostonchiligi, og‘zaki ijod, doston, do‘mbira, xalq ijodiyoti, Samarqand dostonchilik maktabi, ustoz-shogird an’anasi, xalq axboroti, musiqiy ijro, termalar.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.