Центральноазиатский журнал академических исследований 3-jild 4-son (2025) · 173–180-betlar
8- VA 9-SINF ONA TILI DARSLIKLARIDA MATN YOZISH TOPSHIRIQLARINING PSIXOLINGVISTIK TAHLILI
Xolmurodova, D., Eshbo‘tayeva, Sh.
Annotatsiya
Mazkur maqolada 8- va 9-sinf ona tili darsliklarida matn yozish topshiriqlarining psixolingvistik xususiyatlari tahlil qilinadi. Nutqiy kompetensiyani rivojlantirish nuqtayi nazaridan, o‘quvchilarni matn yaratish jarayonida dekodlash, kodlash, xotira va assotsiatsiyalar, nutqiy reja tuzish hamda bahsli munozaralar orqali dalillash kabi bosqichlarda qo‘llab-quvvatlashning ahamiyati ko‘rsatib beriladi. Maqolada turli uslub va janrlarda (badiiy, rasmiy, ilmiy-ommabop, bahs-munozarali) matn yozish metodikasi hamda ushbu jarayon davomida o‘quvchilarda shakllanadigan lingvistik, kommunikativ va ijodiy ko‘nikmalar tahlil etiladi. Xulosa sifatida bunday topshiriqlar o‘quvchilarning analitik va ijodiy tafakkurini faollashtirib, nutqiy kompetensiyani mustahkamlashi ta’kidlanadi.
Ona tili darsliklari, psixolingvistika, matn yozish, dekodlash, kodlash, nutqiy reja, assotsiatsiya, bahs-munozara, uslubiy xususiyat, nutqiy kompetensiya, ijodiy fikrlash
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.