Центральноазиатский журнал академических исследований 3-jild 4-son (2025) · 181–187-betlar
TERMINOLOGIK TIZIM SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHINING NAZARIY METODOLOGIK ASOSLARI
Nurmatova, U., Eshbo‘tayeva, Sh.
Annotatsiya
Mazkur maqolada termin tushunchasi va uning ilm-fan hamda texnika sohalaridagi o‘rni, xususan, o‘zbek tilida terminlar tizimini shakllantirish jarayoni tahlil etilgan. Terminlarning birma’nolik, aniqlik, normativlik va tizimlilik kabi asosiy lingvistik xususiyatlari ko‘rsatilib, dunyo miqyosida terminologiya bo‘yicha yetakchi olimlarning ilmiy qarashlari keltirilgan. Shuningdek, O‘zbekiston sharoitida terminlar rivojlanishi bosqichlari, jadidlar davridan mustaqillik yillarigacha bo‘lgan jarayon, zamonaviy xalqaro hamkorlik va raqamli texnologiyalar davrida milliy terminologiyani boyitish masalalari yoritiladi. Maqola yakunida terminologiyani me’yorlash va muntazam ravishda yangilash, shuningdek, milliy va xalqaro hamkorlikda o‘zbek tilining ilmiy salohiyatini oshirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.
Termin, terminologiya, birma’nolik, lingvistika, ilmiy muloqot, termin tizimi, o‘zbek tilida terminlar, jadidlar davri, standartlash, milliy til, xalqaro integratsiya, terminlarning rivojlanish bosqichlari.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.